Andijon yoshlar day

Andijon yoshlar day

“Qishloqqa kitob karvoni” loyihasi doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi tomonidan Marhamat tumanidagi 27-son umumta’lim maktabiga kitoblar karvoni yetkazildi. 



Tadbir davomida institut jamoasi, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda faol talaba-yoshlar tomonidan jamlangan turli badiiy, ilmiy-ommabop, tibbiy va bolalar adabiyotlari maktab kutubxonasiga topshirildi.



 



Ushbu kitoblar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.



 


Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilan qiziqarli adabiy-ma’rifiy uchrashuv va kitobxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va ma’naviyat rivojidagi ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi. O‘quvchilar tomonidan sevimli asarlar, buyuk adib va mutafakkirlar ijodi yuzasidan fikrlar bildirilib, she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi.



 


Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi mutaxassislari yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini alohida qayd etdilar.