“Xalima Xudoyberdiyeva – millat ma’naviyati va ayol iftixori timsoli”

“Xalima Xudoyberdiyeva – millat ma’naviyati va ayol iftixori timsoli”

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xalima Xudoyberdiyeva – millat ma’naviyati va ayol iftixori timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.



Davra suhbati davomida o‘zbek adabiyotining yorqin vakili, iste’dodli shoira Xalima Xudoyberdiyevaning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Uning she’rlari tinglanib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.



Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, institut psixologi U.Zokirova, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda faol talaba-qizlar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.


Mazkur uchrashuv nafaqat shoira ijodini keng targ‘ib qilish, balki yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ayol siymosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.